Jakartada Indoneziya mudofaa vaziri Shafri Sjamsoeddin va uning yaponiyalik hamkasbi Sindziro Koidzumi mudofaa sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Ushbu hujjat harbiy sanoat, kadrlar tayyorlash va tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Yaponiya vaziri Koidzumi ushbu shartnomani ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqalar yo‘nalishini belgilab beruvchi "kompas" va "muhim bosqich" deb atadi. Shuningdek, vazirlar dengiz xavfsizligi, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar hamda harbiy texnika va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni ham muhokama qilishdi. Koidzumi Eron va boshqa hududlardagi murakkab xalqaro vaziyat fonida Indoneziya va Yaponiyaning yaqinlashishi mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka katta hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Yaponiya o‘z mudofaa sanoatini mustahkamlash maqsadida qurol-yarog‘ni chet elga sotish bo‘yicha taqiqni bekor qilgan edi.