Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida joylashgan yirik savdo majmualaridan birida kuchli yong‘in chiqdi. Bu haqda xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar to‘g‘risida hozircha rasmiy axborot mavjud emas.
Ayni paytda tegishli soha mutaxassislari tomonidan tilsiz yovning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.