Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Indoneziya Makka mudofaa kelishuviga qo‘shilmoqchi

Indoneziya Makka mudofaa kelishuviga qo‘shilmoqchi

Indoneziya 2026 yil avgust oyida Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan imzolangan Makka mudofaa kelishuviga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Middle East Eye (MEE) nashriga Turkiyaning uch nafar rasmiy vakili ma’lum qilgan.

Indoneziyaning ehtimoliy qo‘shilishi kelishuv geografiyasini Yaqin Sharq hududidan tashqariga kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi mumkin. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Jakartaning ushbu kelishuvga qiziqishi Anqara bilan, ayniqsa, mudofaa sanoati sohasidagi yaqin hamkorligi bilan izohlanadi.

O‘tgan yili Indoneziya Turkiyaning 48 ta Kaan qiruvchi samolyotini sotib olish bo‘yicha qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan shartnoma tuzgan edi. Bundan tashqari, yanvar oyida tomonlar Turkiyaning milliy kemasozlik dasturi doirasida «Istanbul» toifasidagi ikkita fregatni xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ushbu shartnoma qiymati taxminan 1 milliard dollarga baholanmoqda.

Harbiy aloqalarning mustahkamlanishi noyabr oyi boshida ham o‘z aksini topdi. O‘shanda Turkiya, Indoneziya, Pokiston va Qatar mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, harbiy texnika va qurol-yarog‘ tizimlarini birgalikda loyihalashtirish, ishlab chiqarish va moliyalashtirishni nazarda tutuvchi «Badr» o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.

Shu bilan birga, Indoneziya elchixonasi vakili MEE nashriga mamlakatning Makka ittifoqiga qo‘shilishdan manfaatdorligini hozircha tasdiqlay olmasligini bildirgan.

Ekspertlarning fikricha, Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto avvalroq mamlakatning an’anaviy qo‘shilmaslik siyosatiga sodiqligini tasdiqlab, Indoneziya harbiy alyanslarga qo‘shilish niyatida emasligini aytgan.

Shu tariqa, Jakarta ko‘p vektorli tashqi siyosatni amalga oshirish bilan birga, o‘zining strategik mustaqilligini saqlab qolmoqda.

Kiritildi: 09:50 19.11.2026. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik