Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Indoneziya AQSh harbiy samolyotlarining parvoziga oid taklifdan xavotirda

Indoneziya AQSh harbiy samolyotlarining parvoziga oid taklifdan xavotirda

Mamlakat TIV AQShning Indoneziya havo hududidan harbiy maqsadlarda foydalanish bo‘yicha bergan taklifi Jakartani Janubiy Xitoy dengizidagi nizolarga aralashtirib yuborishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Mudofaa vazirligiga yo‘llangan maxfiy maktubda bunday kelishuv Vashingtonga razvedka imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘l ochishi va Xitoy kabi muhim sheriklar bilan aloqalarga zarar yetkazishi ta’kidlangan.

Vazirlikning qayd etishicha, ushbu kelishuv Indoneziyaning harbiy alyanslarga qo‘shilgani haqida noto‘g‘ri taassurot uyg‘otib, mamlakatni mintaqaviy mojarolarda potensial nishonga aylantirishi mumkin. Hozirda Indoneziya hukumati AQSh taklifini milliy suverenitet va davlat manfaatlarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:50. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!