Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Immunolog koronavirus pandemiyasi eng erta tugaydigan davlatni aytdi

Immunolog koronavirus pandemiyasi eng erta tugaydigan davlatni aytdi

Immunolog koronavirus pandemiyasi boshqa davlatdagilardan ertaroq yakunlanadigan mamlakat nomini aytdi, deb xabar beradi Sputnik radiosi.

"Shvesiya immun qatlami 60-70%ga yetadigan birinchi davlatga aylanishi mumkin, bu koronavirus pandemiyasi yakunlanishi uchun yetarli sanaladi", degan fikrni bildirdi RIA Novosti bilan suhbatda immunolog-shifokor, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugov.

"Hamma namuna qilib ko‘rsatadigan o‘sha Shvesiyani olaylik. Ajoyib kartina: virus ozodlikka qo‘yib yuborilgan. Bu immun qatlamiga erishish uchun yaxshi prinsip, bunda epidemiya o‘zi to‘xtaydi. Ular to‘xtamaslikka va bor tezlikda harakatlanishga qaror qilishdi, ammo bir vaqtning o‘zida ular aksariyat og‘ir bemorlarni qutqarish uchun apparatlari, reanimasiya palatalari, kislorod, dorilari yetishiga, ya’ni o‘z tibbiyotiga ishonishgan edi", - dedi Jemchugov.

Ayni vaqtda, ekspert so‘zlariga ko‘ra, Shvesiyada aniqlangan koronavirus holatlari chindan ham ko‘p, biroq, shu bilan birga qurbonlar ozchilikni tashkil etmoqda.

"Meni fikrimcha, Shvesiya (immun qatlami) 60-70%ga chiqadigan birinchi davlat bo‘ladi, sababi, u yerda bemorlanadigan odamning o‘zi qolmaydi, hamma kasal bo‘ladi", – dedi Jemchugov, bu pandemiya yakun topadigan ko‘rsatkich ekanligini eslatgan holda.

Kiritildi: 11:59 30.10.2020. O'qildi: 5113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!