Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Imkoniyat berildi, lekin… (foto)

Imkoniyat berildi, lekin… (foto)

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyati Buvayda tumani bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan 30.01.2019 yil kuni elektr energiyadan foydalanishning qonuniyligi hamda to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro E.I. Buvayda tumanidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan umumiy ovqatlarish maskani, ya’ni Oshxona da umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tuman elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma imzolamasdan, elektr xisoblagichni o‘zboshimchalik bilan o‘rnatgan xolda, noqonuniy ravishda ulanib, foydalanib kelishi natijasida davlat manfaatlariga jami 71.278.038 so‘m ancha miqdorda zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari jarayonida 02.02.2019 yilda E.I.ga JKning 185(2)-moddasi mazmun mohiyati tushuntirilib, JKning 185(2)-moddasi 6-qismida nazarda tutilgan Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agarda u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplasa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi ko‘rsatilganligi, zararni to‘liq qoplamasa, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkinligi tushuntirilib, bu haqda bayonnoma tuzilgan va 15.02.2019 yil kuni fuqaro E.I. tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi uchun davlat manfaatlariga yetkazilgan 71.278.038 so‘mni to‘liq qoplagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib MIB Buvayda tuman bo‘limi tomonidan fuqaro E.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 185 (2)-moddasi 2-qismi bilan to‘plangan hujjatlar JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan uni ayblilik to‘g‘risidagi masalasini hal qilmay turib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

 

Kiritildi: 13:44 18.02.2019. O'qildi: 2181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!