Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Ilon Mask SpaceX IPO'si tufayli tarixdagi birinchi trillionerga aylandi

Ilon Mask SpaceX IPO'si tufayli tarixdagi birinchi trillionerga aylandi

SpaceX kompaniyasi AQSh tarixidagi eng yirik aksiyalarning dastlabki ommaviy joylashtirilishini (IPO) o‘tkazdi va bir dona aksiya narxini 135 dollar etib belgiladi, bu uni dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biriga aylantirdi, deb yozadi Reuters.

SpaceX 555,56 million dona aksiya sotib, rekord darajadagi 75 milliard dollar jalb qildi. Agentlikning aniqlik kiritishicha, SpaceX'ning bozor qiymati 1,77 trillion dollarga baholandi, bu ham IPO uchun rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.

Reuters va Forbes baholashlariga ko‘ra, Ilon Maskning SpaceX'dagi ulushi hozirda qariyb 866 milliard dollarni tashkil etadi. Maskning Tesla va boshqa kompaniyalardagi aktivlari hisobga olinsa, uning boyligi 1,1 trillion dollardan oshadi. Shu tariqa, Mask tarixdagi birinchi trillionerga aylanmoqda.

The Washington Post gazetasining aniqlik kiritishicha, SpaceX unga shunday aksiya paketlarini taqdim etganki, ular faqat Mask kompaniya qiymatini misli ko‘rilmagan darajaga yetkaza olsa va SpaceX Marsda koloniya barpo eta olsagina foyda keltiradi. Ushbu aksiyalarni hisobga olmaganda, Maskning boyligi hozircha bir trillion dollarga bir oz yetmaydi.

Kiritildi: Bugun 12:21. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!