Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ilon Mask qamalishi mumkin

Ilon Mask qamalishi mumkin

SpaceX kompaniyasining ishdan bo‘shatilgan sakkiz nafar xodima Ilon Maskni jinsiy zo‘ravonlikda ayblab, sudga berdi. Advokatlar jurnalistlarga da’vo nusxasini taqdim etishdi, u Los-Anjelesdagi Kaliforniya shtati sudiga yuborilgan.

Da’vogarlarning aytishicha, Mask SpaceX kompaniyasida faoliyat yuritgan, o‘zidan 20 yosh kichik sobiq xodima bilan jinsiy yaqinlikda bo‘lib kelgan.

Sudga Ilon Mask o‘z xodimlarini jinsiy aloqa uchun ta’qib qilishi borasidagi bir qancha dalillar topshirilgan. 2014 yilda Maskning zavodida ishlagan xodima u bilan bir oy munosabatda bo‘lganini aytgan.

Ayol Ilon Mask bilan munosabatlari buzilgach, ishda muammolarga duch kelgan. So‘ngra u kompaniyani tark etgan. U vazifasidan ketishdan oldin Ilon Mask bilan avvalgi ish faoliyati davomida ro‘y bergan hodisalarni muhokama qilishni taqiqlovchi shartnoma imzolagan.

Kiritildi: 23:58 13.06.2024. O'qildi: 2530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!