Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy X ijtimoiy tarmog‘ida Ilon Maskka murojaat qilib, Rossiya Starlink tarmog‘i orqali Ukrainadagi dronlarini boshqarishni boshlagani sababli, xizmatdan foydalanishni cheklashni so‘radi.
"Ey, katta odam, nega Rossiyaning Starlink orqali Ukraina shaharlariga zarba berishini to‘xtatmayapsiz? Harbiy jinoyatlardan daromad olish brendingiz obro‘siga zarar yetkazishi mumkin", — deb yozgan Polsha TIV rahbari.
Ilon Mask Sikorskiyning postiga keskin munosabat bildirdi.
"Bu “aqli noqis” hatto Starlink Ukrainadagi harbiy aloqaning asosi ekanini ham tushunmaydi", — deb yozgan amerikalik milliarder.