Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ilon Mask AQShdagi har bir bolaga SpaceX aksiyasini sovg‘a qiladi

Ilon Mask AQShdagi har bir bolaga SpaceX aksiyasini sovg‘a qiladi

Ilon Mask AQShdagi har bir bolaga SpaceX aksiyasini sovg‘a qilishini ma’lum qildi.

Amerikalik milliarder Ilon Mask 2027 yilda AQShdagi har bir bolaga o‘zining SpaceX kosmik kompaniyasi aksiyalaridan bittadan sovg‘a qilishini ma’lum qildi.

«Kelasi yili Amerikadagi har bir bolaga SpaceX aksiyalarimdan bittadan sovg‘a qilaman. Bu ko‘plab sovg‘alarning birinchisi bo‘ladi», — deb yozdi tadbirkor X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 18 yoshga to‘lmagan 72–73 million nafar bola yashaydi. SpaceX aksiyalarining hozirgi qiymatidan kelib chiqilsa, bunday sovg‘aning umumiy qiymati Maskka taxminan 10,5 milliard dollarga tushishi mumkin.

Kompaniya 2026 yil iyun oyida fond birjasiga chiqqan. Biroq milliarder hozircha aksiyalar qanday taqsimlanishi va ularni aynan kimlar olishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot bermagan.

Maskning ushbu bayonoti Claude chat-botini ishlab chiquvchi Anthropic kompaniyasi o‘z aksiyalarining 5 foizini xayriya fondiga yo‘naltirish tashabbusini e’lon qilganidan keyin yangradi.

Mask aksiyalarni fondga o‘tkazish o‘rniga ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlarga tarqatish g‘oyasini ilgari surdi. Ko‘p o‘tmay, u o‘z rejasini ham ma’lum qildi.


Kiritildi: 20:25 19.10.2026. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!