Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ilon Mask 17 aprel kuni yangi XChat messenjerini ishga tushirmoqchi

Ilon Mask 17 aprel kuni yangi XChat messenjerini ishga tushirmoqchi

X kompaniyasi iOS uchun alohida XChat ilovasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. XChat ilovasi foydalanuvchilarga shaxsiy va guruh chatlarini, shuningdek, audio va videoqo‘ng‘iroqlarni taklif etadi.

E’lon qilingan asosiy funksiyalar:
X (Twitter) bilan integrasiya;
Yozishmalarning shifrlanishi (end-to-end encryption);
Fayllarni yuborish imkoniyati;
Xabarlarni tahrirlash va o‘chirish;
Skrinshotlardan himoya qilish tizimi.

Alohida ta’kidlanishicha, ilovada reklama bo‘lmaydi, bu esa WhatsApp va Telegram kabi raqobatchilar fonida muhim ustunlikka aylanishi mumkin.

XChat-ning birinchi versiyasi iOS tizimi uchun chiqariladi, Android uchun ishga tushirilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!