Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ilon Mask 1 soatda 2,3 mlrd dollarga boyidi

A A A
Ilon Mask 1 soatda 2,3 mlrd dollarga boyidi

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning boyligi u rahbarlik qiluvchi Tesla kompaniyasi kapitallashuvi ortgani sababli bir soat ichida 2,3 mlrd dollarga ko‘paydi. 

Kompaniya aksiyalari narxi Nyu-York fond birjasida dastlab 2,49 foizga ko‘tarilib, 580,99 dollarga yetgan, so‘ngra yana 12 foiz qimmatlashib, 649 dollarni tashkil qilgan.

Kompaniya kapitallashuvi ortishi Mask boyligining 36 mlrd dollargacha yetishiga olib kelgan.

Hozirda tadbirkorga Tesla’ning 22 foiz aksiyasi tegishli.

26 yanvarda Maskning boyligi Tesla kapitallashuvi ortgani ortida bir haftada 2,1 mlrd dollarga, umumiy hisobda yil boshidan 5,4 mlrd dollarga ko‘paygani ma’lum qilingandi. 

Tesla Motors kompaniyasi 2003 yilda tashkil etilgan, u elektromobillar va ular bilan bog‘liq texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, kompaniya batareyalar va elektrodvigatellar ishlab chiqaradi.

Kiritildi: 04:55 31.01.2020. O'qildi: 2225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik