Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Aliyev bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)ga bergan intervyusida ma’lum qilgan. “Ikki qardosh mamlakat – Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar umumiy tarix, madaniyat, til va ma’naviy qadriyatlarga, shuningdek, xalqlarimizning asrdan-asrga, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan birligi, hamjihatligi va chuqur o‘zaro hamdardligiga asoslangan. Ushbu mustahkam poydevorga qurilgan davlatlararo munosabatlar so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan rivojlanish davriga kirdi, eng yuqori darajaga – ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi va mutlaqo yangi ma’no kasb etdi”, dedi Ozarbayjon rahbari tashrif oldidan suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini baholar ekan. “Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ,bilan o‘rtamizdagi samimiy do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch ozarbayjon-o‘zbek birodarligini mustahkamlashda, davlatlararo aloqalarni hozirgi darajaga ko‘tarishda va ittifoqimizni rivojlantirishda alohida rol o‘ynaydi. Prezident Mirziyoyevning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi birodarlik, birlik va ittifoq yo‘lidagi tinimsiz va qat’iyatli faoliyati Ozarbayjonda unga chuqur hurmat va mehr-muhabbat keltirdi”, dedi davlatimiz rahbari. "Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqot juda yuqori darajada", deya baholadi Ilhom Aliyev.
Kiritildi: 15:42 21.08.2026. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!