Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ilhom Aliyev: "Ozarbayjon beshta mintaqani ozod qildi"

Ilhom Aliyev: "Ozarbayjon beshta mintaqani ozod qildi"

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning aytishicha, Ozarbayjon qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi beshta mintaqani o‘z nazoratiga olgan. Bu haqda u Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon azaldan "bosib olingan Ozarbayjon hududlarini bosqichma-bosqich ozod qilishni" nazarda tutadigan "asosiy prinsiplar" nomli tinchlik rejasiga sodiq bo‘lgan.

“Birinchi bosqichda beshta, ikkinchi bosqichda ikkita tuman ko‘zda tutilgan. Ammo bugungi kunda aytish mumkinki, ushbu beshta mintaqaning barchasi ishg‘oldan ozod qilindi", – deya ta’kidladi Ozarbayjon rahbari.

27 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarining "Qorabog‘dagi aloqa chizig‘idagi aholi punktlarini o‘qqa tutgan" harakatlariga javoban "qarshi hujum operasiyasi" boshlanganini e’lon qildi.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasida aholi punktlari, jumladan, poytaxt Stepanakert artilleriyadan o‘qqa tutilganligi haqida xabar berilgandi.

Harbiy harakatlar natijasida har ikki tomonda ham fuqarolar va harbiylar talofat ko‘rmoqda. Qorabog‘ va Armanistonda harbiy holat va safarbarlik e’lon qilingan. Ozarbayjonda qisman safarbarlik e’lon qilindi, ayrim shaharlarda harbiy holat joriy etildi.

Kiritildi: 16:11 31.10.2020. O'qildi: 2904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!