Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ikki yildan so‘ng: BAA Yevropaga neft jo‘natdi

Ikki yildan so‘ng: BAA Yevropaga neft jo‘natdi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Yevropaga neft yetkazib berishni qayta tikladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Fransiyaning TotalEnergies neft-gaz kompaniyasi tomonidan ijaraga olingan Moscow Spirit neft tankeri BAAdan Gollandiyaning Rotterdam portiga yo‘l olgan. Unda 1 mln barrelga yaqin Amirlik nefti mavjud.

Total, shuningdek, Misrga neft supertankerini yubordi, u ham O‘rta Yer dengizi Sedi Kerir porti orqali Yevropaga yo‘l olishi mumkin.

Oxirgi marta BAA nefti Yevropaga ikki yil avval, 2020 yilning may oyida, koronavirus tarqalishi va neft bozori qulashi davrida yetkazilgan edi.

Yuk tashish kuzatuvi portali VesselFinder ma’lumotlariga ko‘ra, Moscow Spirit kemasi Misrning Suvaysh portidan 20 may kuni jo‘nab ketgan, tanker esa 1 iyungacha Rotterdamga yetib borishi kerak.

Ekspertlar tomonidan Rossiyaga qarshi neft embargosi ​​tahdidi fonida BAAdan Yevropa mamlakatlariga xom neft yetkazib berish hajmi oshishi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 02:19 26.05.2022. O'qildi: 3002 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!