Ikki sudya qonuniylikni buzganligi uchun sudyalik vakolati tugatildi.
Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq:
- Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining raisi N. Rajabov — odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun va yozma arizasiga asosan;
- Samarqand viloyati Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining raisi S. Soliyev — Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.