Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ijtimoiy tarmoqlarda 150 daqiqa, undan ortig‘i — depressiya...

Ijtimoiy tarmoqlarda 150 daqiqa, undan ortig‘i — depressiya...

AQShning Sinsinnati hamda Shimoli-G‘arbiy universitetlari tadqiqotchilari 11 yil davomida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan 183 mingta so‘rovnomani o‘rganib chiqishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda kuniga kamida 150 daqiqa yoki 2,5 soat vaqt o‘tkazadigan odamlarda depressiya belgilari tez-tez kuzatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi vaqt ish, ta’lim, videoo‘yinlar, televizor yoki internetdagi oddiy qidiruvga (serfing) qaraganda ancha muhimroq omil bo‘lib chiqdi.

Shu bilan birga, olimlar aynan bog‘liqlik haqida gapirishmoqda: tadqiqot ijtimoiy tarmoqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri depressiyani keltirib chiqarishini isbotlamaydi.

Kiritildi: 22:55 20.09.2026. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!