Bugun, 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi.
Quyidagilar vazirlik markaziy apparatida rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:
Polkovnik Shuhrat Erkinovich Norgitov– O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Olimjon Tursunboyevich Ahmedov – O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘ining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha vazirlik markaziy apparatida 10 yaqin lavozimlarga rahbarlar tayinlangandi.