Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

IIV: Quvada saylov qonunchiligi buzilgan. Holatni prokuratura o‘rganmoqda

IIV: Quvada saylov qonunchiligi buzilgan. Holatni prokuratura o‘rganmoqda

22 dekabr kuni Quva tumanida saylovchi shaxsiy avtomobilida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodi qo‘yilgan qarindoshining plakatlarini osib qo‘yib, unga ovoz berishni targ‘ib qilgan. Bu hodisa ayni paytda prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda.

Bu haqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Xalqaro matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 53 mingga yaqin huquq-tartibot xodimlari, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari, IIV, FVV va boshqa tizim xodimlari saylovlarda xavfsizlikni bu ishga jalb etilgan.

«Saylov kuniga qadar barcha tashkiliy ishlar va xavfsizlik bilan bog‘liq barcha masalalar hal etildi. Qolaversa, muddatdan oldin ovoz bergan 59260 nafar fuqaroning xavfsizligi ta’minlandi», – deya Bobojonovdan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 3619 nafar ozodlikdan mahrum etilgan va tergov hibsxonalarida  saqlanayotgan shaxslarga saylovda qatnashish huquqi taqdim etilgan, shundan 1444 nafari jazoni o‘tash muassasalarida, 2275 nafari tergov hibsxonalarida ovoz berishda qatnashmoqda. Buning uchun 25ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Po‘lat Bobojonovning qayd etishicha, soat 11:00gacha jazoni o‘tash muasssasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotganlarning 2800 nafari (78 foizi) ovoz berib bo‘lgan.

Kiritildi: 14:25 22.12.2019. O'qildi: 2620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!