Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

IIQK "Amerikaga o‘lim" shiori ma’nosini tushuntirdi

IIQK "Amerikaga o‘lim" shiori ma’nosini tushuntirdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRDK) ochiq maktubda amerikaliklarni AQSh hukumatini o‘zgartirishga chaqirdi.

Amerikaning hozirgi ahvoli uchun mas’ul bo‘lgan yovuz, yolg‘onchi va shafqatsiz siyosatchilarni hokimiyatdan chetlashtiring. Mamlakat ishlarini boshqarishni mug‘ombirlarga emas, donolarga ishonib topshiring. Ishoning, siyosatchilaringiz dunyo o‘zgarganini tushunishadi» - deyiladi IRDKning amerikaliklarga yo‘llagan maktubida.

Shuningdek, Eron tomoni amerikaliklarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida emasligini ta’kidladi.

"Biz “Amerikaga o‘lim” deganimizda, qotillik, talonchilik va qon to‘kish siyosatining barham topishini, shuningdek, bunday g‘oyalarga amal qiluvchilarning zavolini nazarda tutamiz.

Ularning IIQKni terrorchilik tashkiloti deb hisoblashlariga sabab shuki, IIQK Eron va mintaqaning talon-taroj qilinishiga to‘siq bo‘lib turibdi", — deya bayon qildi Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi vakili.

Kiritildi: 20:45 29.09.2026. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!