Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

II sabab yoshlar va yangi bitiruvchilar ish topishda ko‘proq qiynalmoqda

II sabab yoshlar va yangi bitiruvchilar ish topishda ko‘proq qiynalmoqda

Germaniyada sun’iy intellektning joriy etilishi mehnat bozorida, ayniqsa, yosh mutaxassislarga ta’sir qilmoqda.

📊 Wirtschaftswoche uchun Kienbaum Institut o‘tkazgan so‘rovda 1000 dan ortiq HR rahbarlari ishtirok etgan. Ularning 35%i 2030 yilga qadar II joriy etilishi sabab yosh mutaxassislarni ishga qabul qilishni qisqartirishni rejalashtirayotganini aytgan.

Shu bilan birga, oliy ma’lumotli 30 yoshgacha bo‘lgan ishsizlar soni 2022 yildagi o‘rtacha 23 mingdan 2025 yilda 45 mingga yetgan.

👨‍💻 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, II avval boshlovchi xodimlar bajargan raqamli va oddiy vazifalarni tobora ko‘proq o‘z zimmasiga olmoqda. Bu ayniqsa IT, bank va sug‘urta kabi ofis hamda ma’muriy ishlar ko‘p bo‘lgan sohalarda sezilmoqda.

💼 Masalan, Allianz Yevropada turistik sug‘urta bo‘limida 1800 tagacha ish o‘rnini qisqartirib, ularning bir qismini sun’iy intellekt bilan almashtirishini ma’lum qildi.

Raqobatchi Ergo esa Germaniyaning o‘zida 2030 yilga qadar II joriy etilishi munosabati bilan taxminan 1000 ta ish o‘rnini qisqartirishini bildirgan.

Mutaxassislar bu jarayonni mehnat bozoridagi «yangilanish inqirozi» sifatida baholamoqda: avval tajriba orttirish uchun yoshlarga ochiq bo‘lgan boshlang‘ich lavozimlar endi qisqarib bormoqda.

Kiritildi: Bugun 08:09. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!