Ramazon oyida taomnomaga jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi. Pala-partish, meyo’ridan ortiq ovqatlanish esa turli xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shu bois mutaxassislar saharlik va iftorlik vaqtida qaysi mahsulotlarni istemol qilish haqida o‘z tavsiyalarini berib borishmoqda. Ular ro‘zadorlarning holsizlik, charchoq va ba’zi xastaliklarga yo‘liqmasliklari uchun iftorlikdan keyin gilos yeyishning inson organizmiga 6 foydasi haqida ma’lumot berishdi.
1. Mutaxassislarning aytishicha, “og‘iz ochil”ganidan 2 soat keyin gilos tanovul qilinsa, immunitetni mustakamlab, turli xastaliklardan qo‘riqlaydi.
2. Uyquga yotishdan bir soat oldin yarim kilo ushbu meva lazzatidan baharmand bo‘lsangiz, yengil orom olasiz. Chunki undagi moddalar vujuddagi charchoq alomatlarini haydash xususiyatiga ega.
3. Gilos – antioksidlarga boy. Antioksidlar inson vujudining saratondan himoyalovchi qalqon vazifasini o‘taydi. Shunga ko‘ra, har inftorda gilos yesangiz, saraton sizga hech qachon xavf sololmaydi.
4. Shu bilan birga ushbu meva yurakning eng yaqin do‘stidir. Ko‘rinishi ham aytib turibdi: yurak kabi qip-qizil. Yurak tomirlarini harakatga keltirib, qon aylanishni bir me’yorda ushlab turadi.
5. Tanadagi ortiqcha yog‘larni eritib, insonning nafas olish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
6. Xotirani mustahkamlash xususiyatiga ham ega.