Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Idda o‘tirgan ayol tashqariga chiqishi mumkin(mi?)

A A A
Idda o‘tirgan ayol tashqariga chiqishi mumkin(mi?)

Eri vafot etgan ayol vafot iddasini er bilan yashagan uyda o‘tkazishi lozim. Lekin ba’zi ilojsiz uzrlar sababli, masalan, vafot iddasida o‘tirgan ayolni nafaqa bilan ta’minlab turadigan yoki non-choyidan xabar olib turadigan biror kishisi bo‘lmasa yoki davolanish uchun uydan chiqishga majbur bo‘lsa yoki qozi oldiga borishga majbur bo‘lsa, zarurat miqdoricha kunduzida uydan tashqariga chiqishi mumkin. Ammo har holatda kechasini uyda o‘tkazishi lozimdir.

 “Vafot iddasida o‘tirgan ayol kecha-kunduzida uyidan chiqaveradi va kechaning ko‘p qismini o‘z uyida o‘tkazadi. Chunki eri o‘lgan ayolning nafaqasi o‘z zimmasiga vojib bo‘lib, chiqishga muhtoj bo‘ladi. Lekin huzurida idda mobaynida unga kifoya qiladigan nafaqasi bo‘lsa, taloq qilingan ayol kabi tashqariga chiqishi halol bo‘lmaydi. Qunya kitobida eri o‘lgan ayol vakili bo‘lmagan suratda dehqonchilik kabi chorasi yo‘q ishlarga chiqishligini joiz deb aytilgan” (Raddul muhtor).

Iddani uydan tashqarida o‘tkazish imkonini beruvchi uzrlar

Erni uyida idda o‘tirish mushkul bo‘lsa, masalan, erni uyi qulab tushsa yoki uyni qulab ketish xavfi bo‘lsa yoki u yerda idda o‘tirish ayolga xavfli bo‘lsa yoki idda o‘tirishi kerak bo‘lgan uyning ijara haqqini to‘lay olmasa yoki idda o‘tirish kerak bo‘lgan uy merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlanib, u yerda idda o‘tkazishni iloji bo‘lmasa yoki biror zarurat tufayli tashqariga chiqishga majbur bo‘lib qolsa, uning chiqishiga ruxsat beriladi.

Yuqoridagi uzrli suratlarda, agar ayol bedarak ketgan yoki marhum shaxsning bevasi bo‘lsa, o‘ziga ma’qul topgan joyga ko‘chib idda o‘tirishi mumkin. Agar taloq qilingan ayol bo‘lsa va eri tirik bo‘lsa, er qayerni ma’qul topsa, o‘sha joyga ko‘chib idda o‘tkazadi. Har suratda boshqa makon avvalgi makon hukmida bo‘ladi.

 “Taloq va vafot iddasida o‘tirgan ayol idda vojib bo‘lgan uyda idda o‘tiradilar. Undan tashqariga chiqarib yuborilmasa yoki uy qulamasa yoki ayol u yerda qolishdan, moliga talofat yetishidan qo‘rqmasa yoki uy ijara haqqini topa olsa va shu kabi zaruratlar tug‘ilmasa tashqariga chiqmaydi. Agar shu kabi zarurotlar tug‘ilib qolsa uyiga yaqin joyga ko‘chib o‘tadi. Taloqda esa, er xohlagan joyga ko‘chib o‘tadi” (Raddul muhtor).

 

 

Kiritildi: 21:05 09.12.2019. O'qildi: 22183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!