Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Ichimliklar ham fe’lingizga tashxis qo‘yadi?!

Ichimliklar ham fe’lingizga tashxis qo‘yadi?!

Olimlarning aniqlashicha, insonning sevimli ichimligi uning fe’l-atvori haqida ko‘p narsani aytib berishi mumkin ekan. Masalan:

Choy ishqibozlari

Choyxo‘rlik qilishni hush ko‘ruvchilar ochiq yuzli, oqko‘ngil bo‘lib qolmay, qiziqarli suhbatdosh hisoblanadi. Bunday kishilar yolg‘izlikdan ko‘ra jamoaviy ishlarni xush ko‘radi.

Qahva

Qarshingizdagi inson qahvaxo‘r bo‘lsa, bilingki, uni boshqarish oson ish emas. Bu toifa kishilarning aksariyati ijodiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi  va o‘ziga ishongan shaxslardir. Bundan tashqari, ular juda ma’suliyatili va murakkab fe’l-atvorli insonlardir.

Suv

Suvni salomatligi haqida qayg‘uruvchi insonlar sevib ichishadi. Ularning aksariyati sport bilan muntazam shug‘ullanadi. Ularning fe’l-atvoridagi qaysarlik o‘zgalardan ajralib turishiga sabab bo‘ladi.

Sharbat

Mevalardan tayyorlangan sarxil sharbat ichishni xush ko‘radiganlar xushxulq va hazilkash insonlardir. Ular bilan ishlash, do‘stlashish yoqimli. Chunki ular har qanday vaziyatda ham atrofdagilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘ladi. Biroq fe’l-atvordagi romantikaga moyillik ba’zi hollarda ma’suliyatsizlikka olib kelishi ham mumkin.

Shirin gazli suv

Shirin gazli suvlarni (pepsi, kola, fanta kabilar) odatda, xushchaqchaq, yangilikka intiluvchan, e’tibor markazida bo‘lishga intiluvchan insonlar tanlashadi. Bunday insonlar haddan ortiq faol fe’l-atvor bilan o‘zgalardan keskin farq qiladi.

 

Kiritildi: 14:55 08.12.2019. O'qildi: 2413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!