Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ibodatdan so‘ng qo‘llar yuzga surilishining boisi nima?

A A A
Ibodatdan so‘ng qo‘llar yuzga surilishining boisi nima?

Manbalarda ibodatdan keyin qo‘llarni yuzga tortish sunnat ekani aytiladi, deb yozadi «Muslim.uz».

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Alloh taologa ibodat qilganda qo‘llaringizni ko‘tarib, kaftlaringizni ochib turing, uni aslo teskari tarafga o‘girmang. Ibodatni tugatgandan so‘ng ochiq kaftlaringizni yuzingizga suring», deganlari aytilgan.

Boshqa bir rivoyatda Oisha onamiz roziyallohu anho: «Allohning Rasuli uyquga yotishdan oldin qo‘llarini ochib Falaq, Nas va Ixlos suralarini o‘qib kaftlariga dam solganini va qo‘llarini butun tanasiga uch marta surganini ko‘rgan edim. U zot kasal bo‘lib qolganlarida menga shunday qilishni buyurgan edilar», deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Abu Dovud rivoyati). 

Umar roziyallohu anhu: «Allohning Rasuli duo uchun ko‘targan qo‘llarini yuzlariga surmasdan tushirmas edi», deganlar (Termiziy rivoyati). 

Ba’zi ulamolar bu harakatni quyidagicha sharhlaganlar: «Alloh taolo hech qaysi ibodatni va O‘zidan rahmat-u mag‘firat so‘rab iltijoga ochilgan qo‘lni e’tiborsiz qoldirmaydi. Shuning uchun ana shu duoni inson tanasining eng ko‘rinarli joyiga yetkazib qo‘ygani durust bo‘ladi».

Kiritildi: 12:49 12.06.2018. O'qildi: 2054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik