Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Husiylar Yamandagi BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar xodimlarini qo‘lga oldi

Husiylar Yamandagi BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar xodimlarini qo‘lga oldi

BU haqda Reuters yozmoqda.

Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati mulozimlarining agentlikka ma’lum qilishicha, husiy isyonchilari BMTning to‘qqiz xodimini, AQSh tomonidan moliyalashtiriladigan Milliy demokratik institutning uch xodimini va mahalliy inson huquqlari guruhining uch xodimini hibsga oldi.

Poytaxt Sana va Yaman shimolining katta qismini nazorat qilayotgan husiy jangarilari xalqaro tashkilot xodimlarining yashash joylari va ofislariga bostirib kirib, ularning telefonlari va kompyuterlarini musodara qilgan. Hibsga olingan BMT xodimlari inson huquqlari bo‘limi va gumanitar masalalar bo‘limida ishlaydi.

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi husiylar AQShning Sanadagi elchixonasida ishlagan 20 ga yaqin yamanlik odamni uch yil davomida hibsda ushlab turgan. Qo‘shma Shtatlarning Yamandagi elchixonasi 2014 yilda faoliyatini to‘xtatgan edi.

Kiritildi: 23:34 07.06.2024. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!