Yamanning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan «Ansorulloh» harakati (husiylar) isyonchilari AQSh va Britaniya kuchlari Xodayda xalqaro aeroportiga zarba berganini ma’lum qildi. Bu haqda hutiylarga qarashli Al-Mesira telekanali xabar berdi.
Hujum haqida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
AQSh va Buyuk Britaniya bu borada hech qanday izoh bermadi.
Xodayda Yamanning eng muhim gubernatorlaridan biri hisoblanadi, chunki u uzoq qirg‘oq chizig‘iga, shuningdek, xalqaro aeroportga va uchta muhim portga ega.