Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Husanovning to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi boshqa klub tanladi

Husanovning to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi boshqa klub tanladi

“Manchester Siti”ning eng kuchli markaziy himoyachilaridan hisoblangan Yoshko Gvardiol klubini o‘zgartirishga tayyor.

24 yoshli xorvatiyalik futbolchi Bundesligaga qaytishni istamoqda. Uni Germaniya chempioni “Bavariya”ga o‘tish varianti juda qiziqtiryapti.

Bu haqda Bild va Bayern & Germany nashrlari jurnalistlari ma’lumot tarqatdi.

Qolaversa, Yoshko Gvardiolning atrofidagi mutaxassislar ham uni Myunxenga ko‘chib o‘tishga undamoqda.

“Bavariya” Gvardiolga jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq uning transfer narxi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. “Shaharliklar” o‘yinchi uchun kamida 70 million yevro talab qiladi, shu sababli Germaniya chempionlari muzokaralarga kirishishdan oldin o‘z tarkibidan qaysidir futbolchini sotib yuborishiga to‘g‘ri kealdi.

“Manchester Siti” esa Gvardiol bilan xayrlashishni istamayapti, klub unga allaqachon yangi shartnoma taklif qilingan. Markazda ham, qanotda ham o‘ynay oladigan universal himoyachi Angliyaga kelishidan oldin “RB Leypsig” sharafini himoya qilgan.

Joriy mavsumda Yoshko Gvardiol og‘ir jarohatga yo‘liqqanidan keyin Xosep Gvardiola jamoada yangi markaziy himoya juftligini tashkil qilib, bu o‘rinda Abduqodir Husanov va Mark Gexi xizmatidan foydalanmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:26. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!