Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Husanovning raqobatchisi “Real”ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi

Husanovning raqobatchisi “Real”ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi

“Manchester Siti” markaziy himoyasida Abduqodir Husanovning to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi hisoblangan Ruben Diash kelajakda Ispaniya chempionatida to‘p surishi mumkin.

Jurnalist Mario Kortegananing ma’lum qilishicha, portugaliyalik himoyachiga “Real” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi ushbu yozda madridliklar safiga qo‘shilish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, “Manchester Siti” uni jamoada saqlab qolishni xohlaydi.

Diash 2020 yilda “Benfika”dan 71 million yevro evaziga “shaharliklar” jamoasiga kelib qo‘shilgan. Uning shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Kiritildi: 23:56 25.06.2026. O'qildi: 5161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik