Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tanker mina sabab portlab ketdi — Tasnim

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tanker mina sabab portlab ketdi — Tasnim

"Amerika armiyasi ta’sirida bo‘lgan" uchta neft tankeri Xo‘rmuz bo‘g‘ozining janubiy qismidagi minalashtirilgan hududdan o‘tishga uringan.

"Biroq tankerlardan birida portlash va kuchli yong‘in chiqqach, qolgan ikki kema ortga qaytdi", deyiladi Eronning Tasnim davlat agentligi e’lon qilgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bayonotida.

​Eron AQSh mintaqadagi "tajovuzkor harakatlarini" to‘xtatmagunicha Xo‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasini davom ettirishini bildirgan. IIQK, shuningdek, boshqa kemalarni ham Eron tomoni bilan kelishmasdan bo‘g‘ozdan o‘tishga urinmaslikdan ogohlantirdi.

​Bundan tashqari, Financial Times Yevropa kosmik agentligi suratlariga tayanib, Eron kuchlari Gresiyaning Kavomaleas tankerini egallab olgani haqida xabar berdi. FT ma’lumotlariga ko‘ra, kemaga ikkita snaryad kelib tekkan, natijada yong‘in chiqib, ekipaj evakuasiya qilingan. AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari boshlanganidan beri jami 45 ta kemaga hujum qilingan bo‘lsa, tankerning qo‘lga olinishi shu paytgacha qayd etilgan uchinchi holatdir.

Kiritildi: 14:52 23.07.2026. O'qildi: 1300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!