Buyuk Britaniyaning dengiz savdo amaliyotlari boshqarmasi (UKMTO) Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida savdo kemalariga ikkita hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi.
Birinchi holatda tankerga noma’lum snaryadlar kelib tushgani haqida ma’lumot berilgan. Hodisa BAAdan 78 dengiz mili shimolda sodir bo‘lgan.
Ikkinchi holatda esa Eronning Sirik shahridan 11 dengiz mili uzoqlikda bir nechta kichik qayiqlar yuk kemasiga hujum qilgan. Ikkala holatda ham ekipaj a’zolariga zarar yetmagan.
Avvalroq Tramp savdo kemalarini bo‘g‘ozdan olib chiqish bo‘yicha operasiya boshlanganini e’lon qilgan edi. Eron esa bu harakat sulhning buzilishi sifatida baholanishini ma’lum qilgan.