AP agentligining Afinada joylashgan Marine Traffic kompaniyasiga tayanib xabar berishicha, o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganidan beri Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan bor-yo‘g‘i 14 ta kema o‘tgan va ularning faqat yarmi yuk bilan bo‘lgan.
Marine Traffic kompaniyasining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilinishicha, bo‘g‘ozni kesib o‘tgan kemalarning 70 foizi ko‘rfazni tark etayotgan kemalar bo‘lib, umumiy qatnovlarning qariyb uchdan ikki qismi sanksiya ostidagi yoki "soya flotiga" tegishli kemalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Nizo boshlangunga qadar ushbu bo‘g‘ozdan har kuni 100 dan ortiq kema o‘tar va ularning aksariyati Osiyoga neft tashir edi.