Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi: Yevropada avia-yonilg‘i zaxiralari tugamoqda

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi: Yevropada avia-yonilg‘i zaxiralari tugamoqda

Evropada taxminan olti haftalik aviasiya yonilg‘isi zaxirasi qoldi. Agar Eron bilan urush tufayli neft yetkazib berish to‘xtab qolsa, yaqin kelajakda reyslar bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Xalqaro energetika agentligi rahbari Fatih Birol ma’lum qildi.

Agar bo‘g‘oz tez orada ochilmasa, reyslar ommaviy bekor qilinib, natijada “insoniyat tarixidagi eng yirik energetik inqiroz” yuz beradi, deya fikr bildirdi Fatih Birol.

U neft, gaz va boshqa muhim resurslarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yetkazib berilishi to‘xtab qolganini “eng yirik energetik inqiroz” deb atadi. Fotih Bilol buning oqibatlari haqida gapirdi.

“Hozir bo‘g‘ozdagi vaziyat keskin va bu jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu qanchalik uzoq davom etsa, global iqtisodiy o‘sish va inflyasiya uchun shunchalik yomon bo‘ladi”, dedi XEA rahbari.

U ba’zi davlatlar “boshqalarga qaraganda ko‘proq zarar ko‘rishi”ni ta’kidladi. Yaponiya, Koreya, Hindiston, Xitoy, Pokiston va Bangladesh energetik inqirozning “oldingi safida” turishini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 13:10. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!