Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashganlarga pul mukofoti beriladi

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashganlarga pul mukofoti beriladi

Endi jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol ishtirok etgan va o‘rtacha yoki og‘ir tan jarohati olgan yoxud halok bo‘lgan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlanadi. Ushbu tartib Hukumat qarori bilan belgilandi.

Bir martalik nafaqa miqdorlari quyidagicha:

  • o‘rtacha tan jarohatida – BHMning 20 baravari;
  • og‘ir tan jarohatida – BHMning 50 baravari;
  • fuqaro halok bo‘lganida – BHMning 100 baravari.

Nafaqalar tayinlashga profilaktika organlarining sud-tibbiy xulosa yoki o‘lim haqidagi guvohnoma ilova qilingan taqdimnomasiga asoslangan komissiya qarori asos hisoblanadi.

Kiritildi: 16:13 02.02.2023. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!