Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

«Human» agentligi rahbari necha yilga qamaldi?

A A A
«Human» agentligi rahbari necha yilga qamaldi?

27 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida «Human» xususiy bandlik agentligi» MCHJ rahbari SH.Fayzullayevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. 

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi Xayrulla Rahmonov raisligida ko‘rib chiqildi.

Dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvchi Shohinur Fayzullayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («firibgarlik») 4-qismi «a» bandi, 179-moddasi («soxta tadbirkorlik»), 189-moddasi («savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish») 1-qismi, 192−11-moddasi 2-qismi «a» bandi («nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish»), 227-moddasi («hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish») 2-qismi «a» bandi va 243-moddasi («jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish»)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan edi.

Sud hukmiga ko‘ra, SH. Fayzullayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi «a» bandi va 179-moddasi bilan Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi («reabilitasiya uchun asoslar»)ning tegishli bandlariga asosan reabilitasiya qilindi hamda uning ayblovidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192−11-moddasi 2-qismi «a» bandi chiqarildi.

Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b», «v» bandlari, 189-moddasi 1-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59 («bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash») va 61 («jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari») moddalariga asosan tayinlangan har xil turdagi jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sudlanuvchidan 1080 nafardan ortiq jabrlanuvchilar foydasiga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod miqdorda moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Shuningdek, jabrlanuvchilarga jinoyat oqibatida yetkazilgan ma’naviy zararlarni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Kiritildi: 01:19 28.01.2020. O'qildi: 3290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik