Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Huawei sanksiyalar sababli yangi noutbuki taqdimotini bekor qildi

Huawei sanksiyalar sababli yangi noutbuki taqdimotini bekor qildi

Huawei kompaniyasi o‘zining Matebook noutbuki yangi modeli taqdimotini noma’lum muddatga kechiktirdi. Bu haqda The Information'ga tayanib Kun yozmoqda.

Yangi model ushbu haftada Shanxaydagi CES Asia 2019 ko‘rgazmasida namoyish etilishi kerak edi. kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda kiritilgan AQSh sanksiyalari sababli taqdimot ortga surilgan.

Avvalroq AQSh savdo vazirligi Huawei kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgandi. Google, Intel, Broadcom va boshqa kompaniyalar Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Matebook noutbuklarida Intel prosessorlari va Windows operasion tizimi o‘rnatilgan. Shu tarzda noutbuk sanksiyalar sababli Huawei kompaniyasining bozorga chiqa olmagan birinchi mahsuloti bo‘ldi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 20:30 12.06.2019. O'qildi: 1480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!