Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Huawei kompaniyasi displeyida selfi kamera uchun o‘yiq bo‘lgan Nova 4 smartfonini taqdim etdi

Huawei kompaniyasi displeyida selfi kamera uchun o‘yiq bo‘lgan Nova 4 smartfonini taqdim etdi

Huawei kompaniyasi Nova 4 smartfonini taqdim etdi. Uning asosiy o‘ziga xosligi displeyning burchagiga o‘yiqning joylashtirilgani hisoblanadi. O‘yiqqa 25 megapikselli selfi kamera o‘rnatilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.Nova 4 smartfoni 6,4 dyuymli ekran, sakkiz gigabaytli tezkor xotira, 128 gigabaytli doimiy xotira bilan jihozlangan. Bundan tashqari, qurilma orqa tomonda joylashgan barmoq izini oluvchi skanerga, 3750 milliamper/soat sig‘imli batareyaga va 18 vattli tez quvvatlash qurilmasiga ega.Smartfonning orqa tomoniga 48 megapikselli uchta kamera joylashgan. Nova 4 Kirin 970 prosessorida ishlaydi.Smartfonning oddiy modeli 450 dollar, top modeli esa 490 dollar turadi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:10 18.12.2018. O'qildi: 1597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!