Hozirgi formatdagi muzokaralar Ukraina mojarosining yakunlanishiga olib kelishi ehtimoldan yiroq. Bu haqda BBC xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, tomonlar asosiy masalalar, jumladan Donbass hududlariga egalik va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha oldinga siljiy olmagan. Muzokaralarning yangi raundi qachon o‘tkazilishi hanuz kelishilmagan.
Ta’kidlanishicha, jarayon Eron bilan urushdan oldin ham sekinlashgan edi, Yaqin Sharqdagi mojaro esa muzokaralardagi to‘xtalishni yanada kuchaytirgan.