Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozida dengiz transporti harakati keskin sekinlashib, amalda to‘xtab qolgan.
Xabarda aytilishicha, bu holat Donald Trampning Eron bilan mojaroni hal etish bo‘yicha bayonotlari ortidan yuz bergan.
Nashrga ko‘ra, Tehron tomonidan ilgari surilgan tinchlik taklifi ko‘rib chiqilayotgan bir paytda, bo‘g‘oz orqali kema qatnovi deyarli to‘liq to‘xtagan.
Kemalar harakatini kuzatish ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, shanba ertalabdan yakshanbagacha bo‘lgan davrda bu hududda juda kam sonli kemalar harakatlangan. Ularning aksariyati Xitoy yoki Eron bilan bog‘liq ekani qayd etilgan.
Mutaxassislar fikricha, Hormuz bo‘g‘ozidagi bunday holat global neft ta’minoti va xalqaro savdo uchun jiddiy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin.