Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Gresiya yuk kemasi hujumga uchradi

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Gresiya yuk kemasi hujumga uchradi

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Gresiya yuk kemasiga hujum qilindi.

Gresiya tashqi ishlar vaziri Giorgos Gerapetritis bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda Liberiya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan Gresiyaga tegishli kema bo‘g‘ozdan chiqib ketishga urinayotgan edi.

Gerapetritis vaziyatni o‘ta xavotirli deb atadi va rasmiylar barcha Gresiya kema egalariga ogohlantirish berib, ularni iloji bo‘lsa, o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga va Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tmaslikka chaqirganini aytdi.

Kiritildi: Bugun 07:30. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!