Erling Holand Manchester derbisi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turibdi.
«Manchester Siti» hujumchisi Angliya chempionatining 4-turida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritdi — 1:0. Bu norvegiyalik futbolchining «shaharliklar» safida hamshahar klub darvozasiga urgan 9-goli bo‘ldi.
Holand «MYu»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi va «Siti»ning sobiq forvardi Serxio Aguerodan o‘zib ketdi. Ularning hisobida Manchester derbisida 8 tadan gol bor.
Erik Kantona va Fil Foden esa derbida 7 tadan gol urgan.