Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Hokimiyat vakilining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

 Hokimiyat vakilining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi


❗️ Korrupsiya – mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, alaloqibat jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan jiddiy tahdid hisoblanadi.

Ushbu illatga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
🤑 Xususan, Uchtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi noqonuniy ravishda tadbirkordan 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hokimiyat vakili go‘yoki joriy yilda Uchtepa tumani hududida buzilishi lozim bo‘lgan savdo do‘konlari va boshqa manzillar ro‘yxati tuzilayotganligini ro‘kach qilib, tadbirkorga tegishli do‘konni tuman hokimligida yuqori lavozimda ishlovchi yaqin aloqalari orqali mazkur ro‘yxatga kiritmaslik hamda buzdirmaslik evaziga ushbu pul mablag‘ini talab qilgan.
⚖️ Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
🖥 Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:13 08.01.2026. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!