Livanning «Hizbulloh» harakati Livan janubida Isroil harbiy texnikasiga zarba berilganini da’vo qildi.
Bu haqda guruhning Telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotida so‘z boradi.
Harakatning ma’lum qilishicha, hujum 13 iyun kuni ertalab uchuvchisiz uchish apparati (dron) yordamida amalga oshirilgan.
«Hizbulloh» jangchilari shanba kuni, 2026 yil 13 iyun kuni ertalabki soat 07:00 da “Yagi” rusumli harbiy mashinaga zarba berdilar», — deyiladi xabarda.
Bayonotda aniqlik kiritilishicha, zarba Livan janubidagi Ababil an-Naksad hududida yo‘llangan.