Livanning "Hizbulloh" guruhi Isroilning shimolidagi aholi punktlariga raketa hujumlarini uyushtirdi.
Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, tushdan keyin G‘arbiy Galiley tomon 20 dan ortiq raketa uchirilgan, u yerda havo hujumi sirenalari ishga tushirilgan.
"Hizbulloh"ning rasmiy bayonotida hujumlar Shimoliy Hayfa va Livan chegarasidan 7 kilometr uzoqlikda joylashgan Nahariya shahridagi Isroil armiyasi bazalariga qaratilgani ko‘rsatilgan.