Livanning "Hizbulloh" guruhi rahbari Naim Qosim Isroil bilan har qanday muzokaralarga qarshi chiqdi.
Qosim bu haqda Eronning Mehr axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Hizbulloh" bosh kotibi Livan hukumatini ichki qarshilikni zaiflashtirishda aybladi. Biroq, u mamlakat bosh vazirini hamkorlik qilishga chaqirdi.
"Biz (Isroil bilan) har qanday muzokaralarni rad etamiz. Bu muzokaralar samarasiz va Livan voqealar yo‘nalishini o‘zgartirish uchun ichki birdamlikka muhtoj", deb ta’kidladi Qosim.
Shuni ta’kidlash kerakki, AQShdagi elchilar Nada Hammad-e-Muavvad va Yexiel Layter boshchiligidagi Livan va Isroil delegasiyalari o‘rtasida dastlabki muzokaralar 14 aprel kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.