Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Hisor" davlat qo‘riqxonasida qor yog‘di

"Hisor" davlat qo‘riqxonasida qor yog‘di

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tasarrufidagi "Hisor" davlat qo‘riqxonasi havo keskin sovishi kuzatildi. Shuningdek, qo‘riqxonaning Miraki va G‘elon bo‘limlari yuqori hududlari qor bilan qoplandi.

Ma’lumot uchun, "Hisor" davlat qo‘riqxonasi 1983-yilda Qashqadaryo viloyatida “Hisor” tizmasi shimoli-g‘arbiy tarmoqlari tabiiy komplekslarini asl holicha saqlab qolish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borishini o‘rganish, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini amaliyotga tatbiq etish hamda yovvoyi tabiatdagi noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan. Qo‘riqxona G‘elon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlaridan iborat.

"Hisor" maydoni jami 80986,1 gektarga teng bo‘lib, 24 308 gektari o‘rmon bilan qoplangan, shundan 12 203 gektari qalin o‘rmonzorlar, 56 678 gektari (shundan 171 gektar daryo va ko‘llar, 31 819 gektar qoya va jarliklar, 24 688 gektari yaylovlar) o‘rmon bilan qoplanmagan. 35 000 gektar maydon esa baland tog‘lar, qoyalar, jarliklar va muzliklardan iborat.

Kiritildi: 17:15 04.09.2026. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!