Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yildan Hisob palatasi faoliyati har besh yilda kamida bir marta tashqi baholashdan o‘tkaziladi.
Baholash xalqaro tashkilotlar va xorijiy oliy audit organlari ishtirokida, xalqaro standartlar asosida amalga oshiriladi hamda natijalari jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Shuningdek, Hisob palatasiga xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda loyiha va dasturlar auditini o‘tkazishga ruxsat berildi.