Rossiya va Hindiston Rossiya armiyasida xizmat qilayotgan hindistonlik fuqarolarni olib ketish ustida hamkorlikda ishlamoqda. Bu haqda Rossiyaning Nyu-Dehlidagi elchixonasiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda .
«Ikkala davlatning tegishli idoralari Rossiyada ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga kirgan Hindiston fuqarolarini tezda aniqlash va ishdan bo‘shatish bo‘yicha ishlarni yaqindan muvofiqlashtirmoqda. Barcha shartnoma majburiyatlari va tegishli kompensasiya to‘lovlari to‘liq hajmda bajariladi», — deyiladi diplomatik missiya xabarida.
Shuningdek, elchixona 2024 yil aprelidan boshlab ayrim xorijiy davlatlar, jumladan, Hindiston fuqarolarini Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun qabul qilish to‘xtatilganini ma’lum qildi.