Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Hindistonda taniqli professor jonli efir chog‘ida vafot etdi

Hindistonda taniqli professor jonli efir chog‘ida vafot etdi

Hindistonlik mashhur professor, yozuvchi va rassom Rita Jitendra «Good Morning J&K» tonggi dasturidagi jonli efir vaqtida vafot etdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Televideniyeda Rita Jitendra o‘z hayoti va karyerasi haqida so‘zlab berayotgan edi. To‘satdan nutq uzilib qolgan va ayolning nafasi qisa boshlagan. U zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan, u yerda shifokorlar o‘limni qayd etgan.

Televideniyega ketish chog‘ida Rita Jitendra haydovchiga universitetdagi ma’ruza chog‘ida vafot etgan Hindistonning sobiq prezidenti Abdul Kalom kabi ish vaqtida vafot etishni orzu qilishini aytgan.

Rita Jitendraning o‘limiga yurakning to‘xtab qolishi sabab bo‘lgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 23:21 13.09.2018. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!