Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Hindistondagi portlashda 18 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi portlashda 18 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning shimoli-sharqidagi Megxalaya shtatidagi xususiy ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 18 ishchi halok bo‘ldi.

Bu haqda Press Trust of India agentligi mahalliy polisiyaga tayanib xabar bermoqda.

Hodisa tog‘li Sharqiy Jantia tepaliklari hududida noqonuniy faoliyat yuritayotgan konda sodir bo‘lgan. Portlash joyida 18 kishining jasadi topilgan va ulardan biri qutqarilgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yana bir necha kishi vayronalar ostida ko‘milgan bo‘lishi mumkin.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!